Moysiz vintli kompressorlar

Moysiz, to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatmali, belgilangan/boshqariladigan tezlikli. Biz oziq-ovqat, kimyo va elektronika sanoati, shuningdek, ichimliklar ishlab chiqarish uchun ekologik toza, 0-sinf sertifikatiga ega va mutlaqo moysiz havo tozalash yechimlarini taklif etamiz.
Moysiz kompressorlar moyli modellarga nisbatan filtrlarda ancha kam chiqindi hosil qiladi, bu esa texnik xizmat ko‘rsatish xarajatlarini sezilarli darajada kamaytirishga yordam beradi. Ularni oziq-ovqat va farmatsevtika kabi yuqori darajadagi gigiyena talab qilinadigan sohalarda xavfsiz qo‘llash mumkin. Yuqori ishonchliligi bilan ajralib turadigan bu kompressorlar eng og‘ir ishlash sharoitlarida ham samarali faoliyat ko‘rsata oladi. Shu bilan birga, VSD texnologiyasiga ega modellar energiyani 35% gacha tejash imkonini beradi va elektr energiyasi xarajatlarini kamaytiradi. Maxsus Venturi konstruksiyasi bosimning keskin o‘zgarishi va yuqori chastotali tebranishlarning oldini olib, uskuna barqaror va uzoq muddatli ishlashini ta’minlaydi.
Optimal uskunani tanlash uchun taqdim etilgan modellarning asosiy xususiyatlarini solishtiring
Dalgakiran o'z mahsulotlari va texnik xususiyatlariga oldindan ogohlantirmasdan o'zgartirish kiritish huquqini o'zida saqlab qoladi.




AIS muhandislari sizning yukingiz uchun DALGAKIRAN kompressorini bepul tanlaydilar, energiya tejashni hisoblab chiqadilar va sizga taklifnoma yuboradilar.


