Spiral kompressorlar

Oziq-ovqat, kimyo, farmatsevtika sanoati va sog‘liqni saqlash sohalarida moysiz toza havo sifati hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan joylarda, havoga bo‘lgan 100% ehtiyojni qondirish uchun maxsus ishlab chiqilgan yechimlar bo‘yicha ishonchli hamkoringiz.
Kompressorlar ishlash jarayonida minimal tebranish tufayli past shovqin darajasiga ega. Zamonaviy aloqa funksiyalariga ega qulay, ishonchli va uzoq muddat xizmat qiladigan mikroprotsessorli boshqaruv qurilmasi uskunalarning uzluksiz ishlashini va ishlab chiqarish jarayonlarining barqarorligini ta’minlaydi. Bundan tashqari, qismlarning maxsus o‘ylangan joylashuvi texnik xizmat ko‘rsatish paytida to‘xtab qolish vaqtini sezilarli darajada qisqartirish imkonini beradi.





AIS muhandislari sizning yukingiz uchun DALGAKIRAN kompressorini bepul tanlaydilar, energiya tejashni hisoblab chiqadilar va sizga taklifnoma yuboradilar.


